my5

Fransiya Prezidenti Fransua Olland Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

Jamiyat 16.12.2016, 11:56
Теглар: O`zbekiston
2027
Fransiya Prezidenti Fransua Olland Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tgan saylovda Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb yozadi O`zA. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga 

Janob Prezident! 

Fransiya xalqi va shaxsan o`z nomimdan Sizni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan tabriklab, davlat rahbari sifatida mas`uliyatli faoliyatingizda va mamlakatda keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 

Shu munosabat bilan davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik darajasiga e`tibor qaratishni istardim. Yaqinda o`tgan vazirlar uchrashuvlari buning yorqin tasdig`idir. Munosabatlarimiz, jumladan, iqtisodiyotning ikki davlat korxonalari uchun katta imkoniyatlar yaratadigan turli sohalarida yanada rivojlanishiga ishonaman. 

Sizni mintaqada barqarorlikni saqlash, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar rivojlanishga qaratilgan tashabbuslaringizni hayotga tatbiq etishda Fransiya qo`llab-quvvatlashini ta`kidlamoqchiman. 

Janob Prezident, samimiy hurmatimni qabul qilgaysiz. 

Fransua Olland,
Fransiya Respublikasi Prezidenti

Шарҳлар

Mashinada baland musiqa eshitish uchun jarima solinadimi?

29.10.2020, 15:45

Mashinada baland ovozda musiqa eshitib ketayotgan haydovchiga jarima belgilash haqidagi qonun loyihasi ko`rib chiqilmoqda deya yozmoqda effect.uzPolkovnik Erali Bozorovga ko`ra, bunday loyiha ishlab chiqishga fuqarolarning...
O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar 66 ming nafardan oshdi

28.10.2020, 23:09

2020 yil 28 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 200 (+59) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining:  9 nafari Buxoro viloyatida, 50...
O`zbekistonda 2021-yilda qaysi davlat tashkiloti byudjetdan qancha mablag` olishi ma`lum bo`ldi

28.10.2020, 21:13

O`zbekistonda 2021 yilda qaysi davlat idorasi byudjetdan qancha mablag` oladi? Bu haqda "davletovuz" xabar qilmoqda.Byudjet loyihasiga ko`ra:(Joriy xarajatlar, ob`ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash...
O`zbekistonda «Nobel» sovrindorlari tadqiqoti asosida eksperiment o`tkazilmoqda

28.10.2020, 20:17

Nobel mukofoti laureatlari tadqiqot natijalarini O`zbekistonda qo`llash: Toshkent viloyatining Bo`ka va Chinoz tumanlarida eksperiment o`tkazilmoqda. Jahonning ilg`or mamlakatlari tajribasi, A.Banerji, E.Dyuflo va M.Kremer (2019 yil Nobel...