my5
Sevimli

Do`mboqqina kichkintoylarni ozdirish mumkinmi?

Salomatlik 17.12.2016, 11:12
Теглар: Salomatlik, Bola
Do`mboqqina kichkintoylarni ozdirish mumkinmi?

Bugungi kunda tibbiy belgilagan me`yordan ortiq vaznli bolakaylarni uchratish odatiy holga aylanib bormoqda. Semizlik asli kasallik bo`lishidan tashqari, uning oqibatida boshqa bir qancha xastaliklar ham yuzaga kelishi mumkin. Qolaversa, tashqi ko`rinish bolaning ruhiy holatida ham aks etishi turgan gap. Xo`sh, bolalardagi ortiqcha vaznning sababi nimada? Uning oldini olish mumkinmi? Bu savollarga tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, oliy toifali shifokor-endokrinolog Dilorom URUNBOEVA javob beradi.

Sabablari

Odatda bolalardagi ortiqcha vazn noto`g`ri ovqatlanish tartibi, kamharakatlilik, endokrin tizimida hamda organizmdagi boshqa jiddiy xastaliklar natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, xavf tug`diradiruvchi omillarga quyidagilar ham kiradi:

  • Sog`liqqa zararli mahsulotlar — yog`lilik darajasi yuqori, shirin, achchiq, sho`r taomlar, qovurilgan kartoshka, qo`shimchalar bilan boyitilib, qotirilgan non va gazli ichimliklar. Bularni iste`mol qilish ortiqcha vaznga bo`lgan moyillikni bir necha marotaba oshiradi.
  • Jismoniy mashqlar bajarilmasligi — ovqatlanish jarayonida tanaga qabul qilingan kaloriyalar parchalanmay, organizmda yog` ko`rinishida to`plana boshlaydi. Shu sababli taomlangach, televizor kamroq ko`rish, kompyuter qarshisida uzoq o`tirmaslik, vidioo`yinlardan foydalanmay, ochiq havoda ko`proq sayr qilish tavsiya etiladi.
  • Nasliy moyilligi— agar oilaning barcha a`zolarida ortiqcha vazn muammosi kuzatilsa, bolaga ham ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Ota-onaning har ikkisi ham semiz bo`lgan holatlarning 60 foizida farzandlar ham to`lacha bo`lishi kuzatiladi.
  • Mehr kamligi — xuddi kattalar kabi, bolalar ham o`zining ruhiy kechinmalarini ichiga yutishi mumkin. Bunda yoqimsiz holat va his-hayajonni pasaytirish uchun odatdagidan ko`proq ovqat eya boshlaydi. Aksariyat hollarda haddan ortiq ovqat eyishga ota-onaning mehri etishmasligi sabab bo`lar ekan, bu esa o`z navbatida bolaning semirib ketishiga olib keladi. 

«Bolam semirmasin» desangiz...

Iste`mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga e`tiborli bo`ling, ovqatlanish tartibi mavjud bo`lsin. Bu ishlar doim oila kattalarining nazoratida bo`lishi lozim. Yarim tayyor mahsulotlarni tabiiy ozuqalarga almashtirishning o`ziyoq farzandingiz salomatligi uchun katta foyda bo`ladi. Sabzavot va mevalarni ko`proq iste`mol qilishni tavsiya etamiz. 

Dorilar bilan davolaymiz!

Bolalardagi ortiqcha vaznni davolashda farzandingiz yoshi va salomatligining umumiy holati inobatga olinadi. Bolakaylarga ishtahani pasaytiradigan, ozdiradigan dorilar aslo tavsiya etilmaydi! Agar semizlik endokrin tizimdagi o`zgarishlar asoratida yuzaga kelgan bo`lsa, avvalo asosiy xastalik davolanadi. Unga qo`shimcha tarzda parhez va turli jismoniy mashqlar buyurilishi mumkin.

Jazolash yoki mukofotlash

Bolakay biror ayb ish qilib qo`ysa, uni ovqatdan mahrum qilib jazolamang. U busiz ham o`z tashqi ko`rinishidan uyalib yuribdi, ko`ngliga og`ir botishi mumkin. Yaxshi baho olib kelsa yoki biror yutuqqa erishsa muzqaymoq, shokolad va shirin ichimliklar bilan mukofotlash to`g`ri emas. Yuqori kaloriyali mahsulotlar bolaning hozirgi holatiga salbiy ta`sir ko`rsatishini yodda tuting.

Chalg`ituvchi terapiya

Sog`lom odamda ishtaha cho`qqisi asosan ertalabki soatlarga to`g`ri keladi. Kechqurun iste`mol kilingan ovqat ertalabgacha hazm bo`lib, qonda  glyukoza miqdori pasayadi, ishtaha ochiladi. Ortiqcha tana vaznga ega bo`lgan bolalarda esa, aksincha, kechqurun ishtaha  faollashadi. Ko`p bolalar ota-onasidan beso`roq muzlatgichlardagi oziq mahsulotlarni olib, berkinib eyishadi. Bu bolalarda gipotalamus bezida joylashgan ochlik markazining qo`zg`alib, to`yganlik hissini yuqotib qo`yish bilan ifodalanadi. Ularga nafaqat sport va boshqa jismoniy zo`riqishlar, balki turli to`garaklarga berish ham tavsiya etiladi. Bu «chalg`iuvchi» terapiya sanaladi. Ochlik markazi qo`zg`alib qolgan bola to`garaklarga qatnashib, ovqat haqida o`ylamay qo`yadi, bu esa ota-onalarga farzandining buzilgan ovqatlanish rasionini tiklashga yordam beradi.

Dilbandingiz doim sog`-omon bo`lsin!

Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi. 

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...