Xitoyda dengiz tuzini «Oq oltin» deyishadi. Zero ushbu mahsulotning foydali xususiyatlari bisyordir. Masalan, modda almashinuvini faollashtiradi, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi, immunitet va asab tizimini mustahkamlaydi, teri, soch va tirnoqlarga go`zallik tuhfa etadi. Shu bilan birga, taom va eguliklarda ham foydalanish mumkin.
Bir oyda 10 kilo ozasiz!
Dengiz tuzi qo`shilgan vannaning bir kurs muolajasi (10 marta) teriga taranglik va mayinlik ulashadi. Tozalangan teri kataklari orqali mineral moddalar qonga so`riladi va tanamizga tarqaladi. Shu bois ham muolajadan so`ng modda almashinuvi yaxshilanib, tetiklashamiz. Eng muhimi esa agar kunora dengiz tuzili vanna qabul qilsangiz, bir oy ichida 8 kg. dan 10 kg. gacha ortiqcha vazndan xalos bo`lishingiz mumkin. Ana shunaqa!
HUSNBUZARNI YO`QOTADI
Antiseptik xususiyatga ega dengiz tuzi husnbuzarlarga qarshi eng yaxshi vositadir. Haftasiga 2-3 marta dengiz tuzining suvli eritmasi bilan yuzdagi toshmalar artib turilsa, muammo tezda echim topadi. Badandagi toshmalar esa uchun vanna qabul qilish tavsiya etiladi.
SOChINGIZ TO`KILAYoTGAN BO`LSA...
Eng oson usul: ozroq suv bilan namlangan tuzni bosh terisiga surtasiz. Engil harakatlar bilan uqalab, 15 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib olsangiz bo`ladi. Bu muolaja to`kilayotgan sochlarga ozuqa bo`lib, soch ildizini mustahkamlaydi. Agar tuzning o`zini sochga surta olmasangiz, zaytun yog`i yoki qatiqqa aralashtirib, surtish mumkin. Aralashmali niqobdan so`ng boshni sellofan bilan o`rab, bir soatcha kuting. Haftasiga bir yoki ikki marta muolajani takrorlash kifoya. Bir oydan so`ng natija faqat o`zingizga emas, atrofdagilarga ham sezila boshlaydi.
SELLYuLITGA QARShI
Bugungi kunda sellyulitga qarshi turfa xil vositalar mavjud. Biroq ulardan hech biri oddiy dengiz tuziga teng kela olmaydi. Qo`llanilishi ham oddiy. Birorta dag`alroq matoga dengiz tuzini sepib, u bilan muammoli tana sohasini ishqalaysiz. Natija birinchi muolajaning o`zidayoq seziladi.
OShXONADA
Dengiz tuzini oddiy tuz o`rnida ham ishlatish mumkin. Biroq bir kunlik miqdor 5 gr. dan oshmasligi kerak. Qon bosimi oshib turuvchilar, ba`zi yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik xastaliklarda, shuningdek, homiladorga ham dengiz tuzini iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.
IRODA tayyorladi
03.12.2020, 19:22
Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...13.12.2019, 10:00
Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....12.12.2019, 16:01
Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida mudhish voqea ro`y berdi, deya xabar berdi “Postda”Shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o`z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda...03.12.2019, 11:22
Bojxona xodimiga ayol kishi tomonidan qarshilik ko`rsatish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi "Chumchuqlijar" chegara bojxona...