my5
Sevimli

Sovuq mavsumda immunitetni mustahkamlaymiz!

Salomatlik 20.12.2016, 13:42
Теглар: Salomatlik, Kasallik
Sovuq mavsumda immunitetni mustahkamlaymiz!

Qish faslida organizmni virus va infeksiyalar hujumidan himoyalash uchun immunitetni mustahkamlash lozim. Shu ma`noda biz quyida tavsiya etmoqchi bo`lgan mahsulotlarni kundalik taomnomangizga kiritsangiz, turli xastaliklar, shamollash va tumovni butkul unutasiz.

Ko`k choy

Salomatligini qadrlaydiganlar tongni bir piyola ko`k choy bilan qarshi olishadi. Chunki ko`k choy tarkibida inson organizmining immun tizimi uchun zarur bo`lgan vitamin hamda  antioksidantlar mavjud. Kuniga 1-2 piyola ko`k choy ichib tursangiz, kasalliklarga chap bera boshlaganingizni tez orada o`zingiz ham sezasiz. Ko`k choyga bir dona olma, yarimta limon sharbati, shakar o`rniga esa bir qoshiq shifobaxsh asal solib ichsangiz yanada foydalidir.

Sarimsoq va piyoz

Sarimsoq organizmdagi foydali bakteriyalarni ko`paytiruvchi tabiiy probiotik bo`lgani bois, immunitetni mustahkamlash xususiyatiga egadir. Uning tarkibidagi allisin, axion va tiosulfat kabi birikmalar infeksiyalarga qarshi kurashishda tengi yo`q vosita sanaladi. Shuningdek, sarimsoq angina, bronxit va o`pka shamollashida ham foydali. Sarimsoqdan tashqari, probiotiklar turkumiga piyoz, ko`k piyoz va bananni ham kiritish mumkin. Ulardan ham muntazam iste`mol qilib borish koni foyda.

Sutning foydasi

Kundalik dasturxoningizda bifido va laktobakteriyalarga boy  sut mahsulotlari mavjud bo`lsa, immunitetingiz yanada mustahkamlanadi. Kuniga ikki piyola sut (mahsulotlaridan masalan, bir piyola yog`siz sut yoki tabiiy yogurt, qatiq) iste`mol qilsangiz, butun qish davomida shamollamaysiz.

Baliq va dengiz mahsulotlari

Dengiz mahsulotlari rux moddasiga boy bo`lganligi tufayli immunitetni mustahkamlashda benazir vositadir. Ular tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalari kuchingizga-kuch qo`shadi. Bilsangiz, organizmga etarli miqdorda rux moddasi kelib tushsa, immunitet mustahkamligiga sabab bo`luvchi kortizol gormoni faol ishlab chiqarila boshlaydi. Bundan tashqari, yodga boy bo`lgan dengiz karami ham organizm uchun juda foydalidir.

Sitrus  mevalari

Ular S vitaminining asosiy manbai bo`lgani bois kundalik taomnomangizdan joy olishi lozim. Sitrus mevalari  tarkibidagi antioksidantlar esa immunitetni mustahkamlab, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Biroq me`da-ichak xastaliklari va allergiyada sitrus mevalaridan tiyilgan ma`qul.

Sabzi

Sabzi sharbatida beta–karotin, kalsiy, temir, kaliy, mis va boshqa bir qator vitaminlar bo`lganligi uchun immuniteti zaiflashib qolganlar uni ko`proq ichishlari kerak. Bundan tashqari, sabzi infeksiyalarga qarshi kurashadi. Garchi, qaynatilgan va qovurilgan sabzida ham vitaminlar saqlanib qolsa-da, uni xomligicha iste`mol qilish foydali.

Go`sht

Tovuq, kurka va buzoq go`shti temir hamda rux moddalariga boydir. Immunitet mustahkamlanishi uchun juda zarur egulik hisoblanadi. Kuniga 70–100 gr. yog`siz go`sht tanovvul qilinsa, organizmning immun tizimi yanada faolroq ishlay boshlaydi. Chunki go`sht tarkibidagi oqsillar virus va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi antitanalar ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.

Ziravorlar  

Lavr yaprog`i, zanjabil, dolchin, ukrop, selderey va turli ziravorlar zaiflashib qolgan immunitetni mustahkamlaydi. Sedana ham immunitetni oshiruvchi ziravorlar sirasidandir. Uning tarkibida oshqozonning yog` va yog` kislotalarini parchalashga yordam beruvchi lipaza mavjud. U moddalar almashinuvini yaxshilaydi, natijada, immunitet o`z-o`zidan mustahkamlanib boradi.

 

Saodat tayyorladi.

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...