my5
Sevimli

Klimaks — jinsiy hayotning yakunimi?

Salomatlik 20.12.2016, 16:11
Теглар: Salomatlik, Er-xotin
Klimaks —  jinsiy hayotning yakunimi?

45-50 yoshni qarshilagan har kim, xoh ayol, xoh erkak bo`lsin jinsiy hayotida bir qancha o`zgarishlar yuz berganini tan oladi. Ba`zan bular ijobiy bo`lsa, ba`zan esa nojo`ya ta`sirlar bilan hayotdan zavq olishga halal beradi. Asosiysi esa umrning yangi davrida yuz berayotgan hodisalar tabiiy ekanligini, yoqimsiz holatlarni tuzatish va bartaraf etish mumkinligini tushunishdir!

Mutaxassis – Oliy toifali shifokor, seksapotolog Ramazon NAZAROV.

 

E`TIBORLI BO`LING!

Birinchi navbatda juftingiz va o`zingiz ayrim masalalarga oydinlik kiritib olishingiz zarur. Agar quyidagi holatlar sizda kuzatilsa, klimaks jinsiy hayotingiz dahl etmagan bo`ladi:

  • Jinsiy yaqinlik hanuzgacha huzur bag`ishlaydi;
  • hozirda o`rtangizda yaqinlikning miqdori hamda sifat darajasidan har ikkingiz ham mamnunsiz.

Gap shundaki, juftlikning har bir a`zosi mavjud holatdan rozi bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Agar oilada jinsiy yaqinlikka moyillik kamaysa-yu, biroq birga vaqt o`tkazish har ikkingizga ham maroqli bo`lsa, unda muammo yo`q. Biroq juftlikning biri  yaqinlikni talab qilganida, ikkinchisi buni rad etsa, demak echimi topilishi kerak bo`lgan masalalar yo`q emas.

NIMALAR O`ZGARADI?

Menopauza javrida aksariyat ayollarni quyidagi muammolar bezovta qiladi:

  • Jinsiy maylning susayishi;
  • Jinsiy yaqinlik davrida qin sohasida og`riq va yoqimsiz holat;
  • Rohatlanmaslik;
  • Juftida erektil disfunksiyaning kuzatilishi.

«XOHLAMAYMAN, ISTAMAYMAN!»

Organizm keksalik sari qadam tashlar ekan, erkak va ayolda jinsiy mayl birdek susayib boradi. Biroq libidoning pasayishidek muammo ayollarni erkaklarga nisbatan ikki barobarga ko`proq mahv etadi. Sababi:

  • Testosteron gormoni miqdorining kamayishi,
  • Klimaks sababli yuz bergan o`zgarishlar ayol o`zni jozibali his qilishiga to`sqinlik qiladi,
  • Ayol juftini yoqimtoy deb hisoblamaydi,
  • Xastaliklar (peshobni tutolmaslik, qindagi o`zgarishlar va bachadonning pastga tushib qolishi kabi).

EChIMI

Tashqi ko`rinishingiz va qomatingizga e`tiborli bo`ling! Klimaks bilan ro`baro bo`lish hayot tugadi degani emas. Siz uquvsiz yosh qizlardan ko`ra ancha tajribalisiz, juftingizga nima yoqishini sizdan o`zgasi yaxshi bilmaydi! Bundan unumli foydalanish esa o`z qo`lingizda! Kegel mashqlari sizga yordam berishi shubhasiz.

 

«OG`RISA, NIMA QILAY?»

Menopauza davrini boshdan kechirayotgan ayollarning 40 foizi jinsiy yaqinlik vaqtidagi og`riq, ya`ni achishishdan shikoyat qiladi. Odatda bu og`riq qin sohasidagi quruq muhit tufayli yuzaga keladi.

SABABI:

  • Gormonal muhit o`zgaradi;
  • Qin terisi yupqalashib, elastikligini yo`qotadi;
  • Jinsiy yaqinlikdan uzoq muddat tiyilish kuzitaladi.

EChIMI

Intim sohani kimyoviy moddalar bilan yuvishdan voz keching. Tez-tez toza sovunsiz suvda toharat qilib turish darkor. Muntazam jinsiy hayotni yo`lga qo`yish tavsiya etiladi. Lubrikantlardan foydalanish zarar qilmaydi. Tarkibida estrogen gormoni bo`lgan vaginal shamchalar ham muammoni bartaraf etishda qo`l keladi.

 

«SENI KUTIB ChARChADIM!»

Juftingizni mehriga qonishni istaysiz, biroq bundan o`zingiz kutgan rohatni ololmasangiz-chi... Klimaks davrida ayollar libidoni saqlab qolsada, his qilish qobiliyati pasayganidan ko`p shikoyat qilishadi.

SABABI:

  • Gormonal o`zgarishlar;
  • Klitorning his qilish qobiliyati susayishi;
  • Kayfiyat o`zgaruvchanligi, tushkunlik.

EChIMI

Yangiliklardan aslo cho`chimang, turmush o`rtog`ingiz bilan ochiqchasiga suhbatlashishdan tortinmang. Rohatni his qilmasligingiz sizning va juftingizni aybi emas. Biroq bu holatni faqatgina ikkingiz tuzata olasiz.

«YoRIM SIZGA NE BO`LDI?»

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 55 yoshdan oshgan erkaklarning 50 foizi erektil disfunksiyadan aziyat chekishini tan oladi. Nima ham derdik, klimaks hech kimga shafqat qilmaydi!

EChIMI

Shifokorga murojaat qilishga juftingizni ko`ndiring. Zamonaviy tibbiyot shu qadar rivojlanganki, necha yoshdaligidan qat`iy nazar, dori-darmonlar bilan ereksiyani qaytarish imkoniyati mavjud. Juftingizni qo`llab-quvvatlang! Negaki, bu davrda har qaysi erkak tushkunlikka tushib qolishi turgan gap.

Zilola UBAYDULLAEVA tayyorladi. 

Шарҳлар

Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...