my5
Sevimli

Kichkintoy yo`tali xuruj qilsa 7 tavsiya

Salomatlik 21.12.2016, 11:05
Теглар: Salomatlik
Kichkintoy yo`tali xuruj qilsa 7 tavsiya

1.     Yo`taldan aziyat chekayotgan kichkintoy iloji boricha chang kam yig`iladigan, gilam va  yumshoq mebellardan xoli xonada vaqtini o`tkazishi kerak. Kitoblarni oynaband, yopiq shkaflarda, o`yinchoqlarni esa og`zi yopiq idishda saqlang. Xonadagi changlarni har kuni artib chiqishni kanda qilmang.

2.     Zarurat tug`ilmaguncha, atirlardan, aerozol va o`tkir hidli kimyoviy vositalardan foydalanmang. Polni ham oddiy xlorsiz suvda yuving. Va albatta bolani tamaki hididan asrang.

3.     Jajji bemor yotgan xona quruq va issiq bo`lsa bolada quruq yo`tal avj olib, nafas yo`llaridagi yallig`lanish yanada avj oladi. Buning oldini olish uchun esa xonada 18 daraja  haroratni saqlab turing. Namlik esa 60-70 foizdan kam bo`lmasin.

4.     Bola shamollasa, yo`talsa organizm ko`p suyuqlik yo`qotadi. Shuning uchun xona haroratidan issiqroq suv va uy sharoitida tayyorlangan sharbatlardan ko`proq ichiring. Suyuqlik balg`am ajralishiga va organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi.

5.     Yo`talga qarshi dori tanlayotganda esa yaroqlilik muddati,  allergiya bermasligiga ahamiyat bering. Kichkintoylarga eleksir, sirop, pastilka ko`rinishidagi dorilar to`g`ri keladi.

6.     Har qanday holatda ham farzandingizni, albatta, shifokor ko`rigidan o`tkazing. Yo`talning siz bilamagan sabablari bo`lishi mumkin. Shamollashdan yo`talayapti deb o`ylab, boshqa kasallikni o`tkazib yubormang.  

7.     Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni shifokor tavsiyasiga ko`ra go`dakka 2 oyligidan boshlab berishingiz mumkin. 

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...