1. Qorindagi ortiqcha yog`lardan xalos bo`lish uchun nafaqat parhez qilish, balki uy sharoitida mashqlar bajarish ham kerak. Ikkalasini birgalikda olib borsangiz, istalgan natijaga erisha olasiz.
2. Belni xipcha qiluvchi, qorindagi yog`lardan xalos etuvchi eng yaxshi mashq, bu — o`tirib-turish. Bu mashqni faol ravishda boshlash uchun avval butun tanani bunga tayyorlab borish zarur. Buning uchun hafta davomida har tong ozgina vaqt mashq qiling, tanani chiniqtiring.
3. Bir haftadan so`ng o`tirib-turish mashqiga bemalol o`tsangiz ham bo`ladi. Mashqni orada 3 marta dam olgan holda 15 marta bajarishdan boshlang. Jarayonni musiqa jo`rligida amalga oshirsangiz, charchoq nimaligini bilmaysiz. Har 3 kunda mashq sonini 5 taga ko`paytirib boring.
4. Mashqlar bilan birgalikda parhezni boshlang. Ochlik e`lon qilishingizga hojat yo`q, shunchaki kunlik taomnomangizni to`g`ri tuzing.
5. Har kunlik rasioningizda quyidagi mahsulotlar bo`lishi shart: qaynatilgan go`sht, sabzavotlar, mevalar, yog`siz sut mahsulotlari, guruch, grechixa, yog`siz baliq go`shti.
6. 5-maslahatda sanalgan mahsulotlarni istaganingizcha eyishingiz mumkin, faqat kechqurun o`zingizni tiying. Shirinliklardan esa Yangi yilgacha voz kechganingiz ma`qul.
7. Yanada tez va ko`proq samaraga erishish uchun haftada bir marta suzish havzasiga borib, kamida yarim kilometrga suzing. Shuningdek, oddiy yumshatuvchi krem bilan qorinni uqalang, bunda yog`lar harakatga tushib, erishi osonlashadi.
03.12.2020, 19:22
Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...13.12.2019, 10:00
Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....12.12.2019, 16:01
Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida mudhish voqea ro`y berdi, deya xabar berdi “Postda”Shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o`z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda...03.12.2019, 11:22
Bojxona xodimiga ayol kishi tomonidan qarshilik ko`rsatish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi "Chumchuqlijar" chegara bojxona...