Shoira SALIMOVA, Namangan viloyati
Odatda, qon quyuqlashgani haqida shifokordan eshitamiz. Ungacha bemor bosh og`rig`i, tushkunlik, xotira pasayishi kabi belgilardan shikoyat qilib yuraveradi. Tashhis to`g`riligini qon tahlillari tasdiqlagach, o`z vaqtida davolanish zarur. Aks holda, hayotingizga depressiya, qonda tromb yig`ilishi va yurak kasalliklarni chaqirgan bo`lasiz. Xo`sh, aslida ham qon quyilishining sabablari nima? Mavzu yuzasidan ichki kasalliklar shifokori Nigora AHMEDOVA ma`lumot beradi.
SABABI – HAYoT TARZIMIZDA
Qon quyulishiga sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, hatto ba`zi mahsulotlar sababchi bo`lishi mumkin. Bemor uyquchan, behol, jizzaki, kayfiyati o`zgaruvchan bo`lib qoladi, qon bosimi ko`tariladi, og`zi quriydi, qo`l-oyoqlari doim muzdek bo`ladi. Noto`g`ri ovqatlanish, organizmda gijja borligi, stress va darmondori etishmasligi ham qon quyuqlashishiga olib kelishi mumkin.
QONNI QUYuLTIRADI:
Shakar, pishiriqlar, kartoshka, banan, tuxum, grechixa yormasi, gazli ichimliklar, xolodes (dirilloq), uzum, fast-fud va qovurma taomlar, o`simliklardan – dalachoy va gazandao`t. Ularni imkon boricha taomnomada kamaytiring.
DIQQAT:
*yurakni davolashda ishlatiladigan siydik haydovchi dori vositalari;
*shahvatni ko`taruvchi dori vositalari,
*homiladorlikdan saqlovchi dori-darmonlar qonni quyultirish xususiyatiga ega.
Ularni qabul qilishda me`yorni oshirib yubormang.
DAVOLANIShDAGI 7 TAVSIYa
Majnuntol, tut daraxtining ildizi, po`sti tabiiy aspirin hisoblanadi. Ushbu daraxtlardan birining po`sti yoki ildizini maydalab, bir osh qoshig`ini bir stakakn suvda qaynatib ichilsa, qon tozalanadi va quyulishdan holi bo`ladi.
Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.
26.12.2017, 13:12
— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...26.12.2017, 13:08
— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...26.12.2017, 11:36
Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...25.12.2017, 11:25
Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...