my5
Sevimli

Stressga qarshi kurashishning 17 yo`li

Salomatlik 11.01.2017, 10:15
Теглар: Salomatlik, SUGDIYONA
Stressga qarshi kurashishning 17 yo`li

1.    Sog` tanda sog`lom aql naqliga amal qiling, vaqtida uxlang va uyquga to`yib uyg`oning. Miyasi dam olgan odam stressga engilmaydi.

2.    Ichki tuyg`ularingizni o`zgartiring. Biror noxushlik yuz beradi, ishdan bo`shatib yuborishadi, daromadim kamaysachi, yashashga hech nimam qolmaydi kabi yomon xayollardan o`zingizni xalos eting.

3.    Negativ xayollar sizni tark etmayaptimi, qalbingiz xufton va notinchmi, hadeb asabiylashaverasizmi,  demak stress sizni butunlay zabt etibdi. Bundan xalos bo`lishning eng yaxshi yo`li sport bilan shug`ullanishdir. Qanchalik g`alati bo`lmasin jismoniy zo`riqish insonni tinchlantiradi va quvonch bag`ishlaydi. Ayniqsa toza havoda qilingan jismoniy mashqlar doimiy xavotirlik va siqilishlardan forig` etadi.

4.    Stress bilan  kurashishda xushbo`y hidli mevalar yoki purkagichli havo tozalagichlardan foydalaning. Yotoqxonangizga xushbo`y hidli havo tozalagichlardan sepib qo`ying.

5.    Shokolad ham stress bilan kurashishda samarali vosita, muhimi, me`yorni unutmasangiz bo`lgani. Bo`lmasam ortiqcha vazndan ham stress paydo bo`ladi.

6. Yoqimli musiqa eshiting yoki oxiri yaxshilik bilan tugaydigan komedik film tomosha qiling.

7.    Iloji boricha hayotga pozitiv ko`z bilan qaraydigan insonlar suhbatida bo`ling. Ularning pozitiv kayfiyati sizga ham o`tadi.

8.    Ko`proq toza havoda bo`ling, ayniqsa daraxtlar ko`p joyda, yashil rang inson asab tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

9.    Moychechak yoki lavandali vanna qabul qiling.

10.  Bolalar bilan gaplashing. Ular stress va depressiya nimaligini bilmaydilar, doimo beg`am va shodonlar.

11.  O`zingiz yoqtirgan mashg`ulot bilan shug`ullanishni boshlang. Masalan rasm chizish yoki to`qish singari.

12.  Kun tartibiga rioya eting.

13.  Ko`proq mevalardan va yashil sabzavotlardan iste`mol qiling.

14.  Yoga yoki tinchlantiruvchi gimnastika bilan shug`ullaning.

15.  Stressga qarshi uqalash kursiga yoziling.

16. O`zingiz va yaqinlaringizga kichik sovg`alar, shirinliklar xarid qiling. Bayramona kayfiyat sog`likka yaxshi ta`sir o`tkazadi.

17.  O`zingizga ishoning, o`zingizni seving va hammasi yaxshi bo`lishiga ishoning.  Va albatta shunday bo`ladi.

Шарҳлар

YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
INFARKTDAN SO`NG TIKLANIShINGIZGA YoRDAM BERADI!

25.12.2017, 11:25

Infarktdan so`ng tiklanishingizga yordam beradigan dorivor aralashma: 3 litrli shisha bankaga yarim stakandan oq atirgul va gladiolus gulbarglarini soling. 2 osh qoshiq oq binafsha (fialka)...