Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 20 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to`g`risida”gi farmoniga muvofiq O`zbekiston fuqaroligi berilgan shaxslarga O`zbekiston Respublikasi pasporti topshirilmoqda. Farg`ona viloyatida 16 kishiga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Bosh qomusimizda O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qanday asoslarda ega bo`lganlikdan qat`i nazar, mamlakatimizning barcha hududlarida hamma uchun teng bo`lgan yagona fuqarolik belgilab qo`yilgan. Fuqarolik davlat tomonidan barcha shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarni ta`minlashning asosi hisoblanadi.
O`zbekiston konstitusiyaviy normalarni hayotga tatbiq etish doirasida O`zbekiston Respublikasining hududi va uning tashqarisida o`z fuqarolarining huquqiy himoyasi va muhofazasini ta`minlaydi. Fuqarolik pasportimizning so`nggi beti – muqovasi ichiga “Pasport O`zbekiston Respublikasi mulkidir. Ushbu pasportning egasi O`zbekiston Respublikasi himoyasidadir”, degan so`zlar o`zbek va ingliz tillarida bitilgan.
Prezidentimizning yuqoridagi farmoni xalqimiz tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi. Farg`ona shahrida o`tkazilgan tadbirda yuksak sharafga, maqomga ega bo`lganlar o`zlarining mamnuniyat va shukronalarini bildirdi.
11.12.2019, 18:36
Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...11.11.2019, 18:33
Buvayda tumani "Ozod" MFYda istiqomat qiluvchi, 1955-yilda tug`ilgan Mo`minjon ota sobiq SSR pasporti bilan yurgani, e`tiborsizligi tufayli biometrik pasportni olmaginni aytib Buvayda tumani adliya bo`limi...09.11.2019, 22:05
Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o`tish bo`yicha muayyan qonun-qoidalar to`g`risidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borilishiga qaramay ba`zi bir shaxslar tomonidan...08.11.2019, 17:27
Joriy yilning 3 noyabr kuni I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha poytaxtimizga kelgan ana shunday bir guruh shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda...