my5
Sevimli

Toshkentda "propiska"si bo`lmagan fuqarolarga poytaxtdan uy sotib olish imkoni taklif etiladi

Jamiyat 24.01.2017, 22:57
Теглар: Ro`yxat, Toshkent, Pasport
Toshkentda "propiska"si bo`lmagan fuqarolarga poytaxtdan uy sotib olish imkoni taklif etiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga keng muhokama uchun joylangan 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasida Toshkentda ro`yxatdan o`tmagan va chet el fuqarolariga Toshkent va Toshkent viloyatidan uy xarid qilish imkoni taklif etilishi ko`rib chiqilmoqda.

Loyihada O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi qurilgan uylardan sotib olish bo`yicha aniq qoidalar belgilash taklif etildi. Bunda uning narxi eng kam ish xaqining 2 ming baravar miqdoridan kam bo`lmasligi, shuningdek uyni xarid qilayotganda, uning narxidan 5-10 foiz davlat boji to`lanishi o`rnatiladi.

Huddi shunday shartlarda norezidentlar ya`ni chet el fuqarolari ham uy xarid qilishlari mumkin, ammo uyning narxi 100 ming AQSh dollardan kam bo`lmasligi shart.

Aytish joizki, O`zbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasi loyihasi ayni damda muhokamada. U o`zgartirilishi, to`ldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Шарҳлар

Toshkentda Mustaqillik va Parkent ko`chalarini tutashtiruvchi yo`l ochildi

13.04.2021, 13:41

Mirzo Ulug`bek tumanidagi Mustaqillik va Parkent ko`chalarini tutashtiruvchi  (eski Pushkin chorrahasi) yo`l foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mirzo Ulug`bek tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu yo`lda...
Toshkentda gaz xodimining qing`irligi fosh etildi

10.04.2021, 12:38

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan «Hududgaz poytaxt» gaz ta`minoti filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Yunusobod tumangaz» bo`limi xodimi R.T. xizmat...
Toshkentdagi “Mir Cinema” oldida bezorilik sodir qilindi(foto)

07.04.2021, 15:50

  Toshkent shahri Olmazor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan voyaga etmagan 17 yoshli Abdulaziz J.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi...
Toshkentda isitish mavsumi qachondan tugatilishi ma`lum qilindi

05.04.2021, 16:26

Toshkentda 2020-2021 yilgi isitish mavsumi joriy yilning 7 aprelidan tugatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qarorida belgilandi.“Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta`minotidan foydalanuvchi iste`molchilarni issiqlik...