Rossiyaning Moskva shahrida YHXB xodimi muzli daryoga qulagan avtomashina ichidagi qizni qutqardi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
YTHga uchragan Subaru Forester avtomobili muzlagan daryoga tushib ketdi. Mashinani qiz bola boshqargan. Voqea joyiga etib kelgan YHXB xodimlari zudlik bilan shaharning tezkor xizmatiga qo`ng`iroq qildi. Ammo polisiyachilardan biri qutqaruvchilar etib kelishini kutib o`tirmasdan, muzli suvga tushib, cho`kayotgan mashina ichidagi qizni qutqardi.