Bugun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov hayot bo`lganida 79 yoshni qarshilagan bo`lardi.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov butun dunyo tan olgan buyuk shaxs edi. Islom Karimovning qat`iyati va jasorati tufayli respublikamiz mustaqillikka erishdi va o`z taraqqiyot yo`lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi. Islom Karimov xalqimizni ziddiyatli va mas`uliyatli davrlardan olib o`tib, dunyo tan olgan rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shdi.
O`zbekiston xalqining cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi.
Islom Abdug`anievich 2016 yilning 2 sentyabr kuni Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o`zgarishlarga va poliorgan etishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o`tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.
30 yanvar – Mustaqil O`zbekistonning asoschisi Islom Karimov Abdug`anievichning tavallud kuni munosabati bilan O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduholiqov boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan hujjatli film tayyorlandi.
Film O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlanadi.
22.01.2021, 22:00
Sal avval san`atni tark etgan Jahongir Otajonovning ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi shov-shuvli videosi tarqaldi. Unda sobiq xonanda, O`zbekiston prezidentidan uni respublikaning biror hududiga hokim etib tayinlashini so`ragan."Eshitishimcha,...22.01.2021, 14:01
Cal avval Namangan viloyati Mingbuloq tumanida kuchli shamol sabab aholi xonadonlari tomlarining qulab tushgani xabar qilingan edi. Mazkur talofat yuzasidan "Zamon" informasion dasturida batafsil ma`lumot...22.01.2021, 12:25
Farg`ona viloyatining qo`shtepa tumanida fuqaro “Moskvich”ni haydab ketayotganida kutilmaganda boshqaruvni yo`qotdi. Oqibatda Katta Farg`ona kanaliga tushib ketgan. Bu haqda Zamon infarmasion dasturi xabar bermoqda. Chamasi soat 20:40...20.01.2021, 14:29
Jahongi Otajonov prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Qo‘shiqchi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gapirgan.“Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilning birinchi martidan O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanishi...