30 yanvar, dushanba kuni O`zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov 70 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi restoranlardan birida ustoz san`atkorning yubileyi yaqin do`stlari va hamkasblari qurshovida nishonlandi.
Yubileyga o`zbek estradasining eng taniqli vakillari hamda san`atkorning oila a`zolari tashrif buyurdi.
Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” tahririyati nomidan O`zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonovni tavallud kuni bilan muborakbod etamiz va uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz!