AsosiyJamiyat

Shavkat MIRZIYoEV: “Bola tug`ilganligi uchun pul to`lash kerakligi qaerda yozilgan?”

'Shavkat MIRZIYoEV: “Bola tug`ilganligi uchun pul to`lash kerakligi qaerda yozilgan?”'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 7 fevral kuni 5 yanvardagi majlisda belgilangan vazifalar ijrosi, sog`liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Majlisda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy tibbiyot o`quv yurtlari rektorlari, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari direktorlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, sog`liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari sog`liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, rahbarlar mas`uliyati va shaxsiy javobgarligi xususida atroflicha to`xtaldi.

Prezidentimiz ta`kidlaganidek, ko`rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, joylarda tibbiyot sohasidagi vaziyatni o`zgartirish ishlari talab darajasida olib borilmayapti. Buni aholidan Xalq qabulxonalari va Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan ko`plab ariza va shikoyatlar tasdiqlab turibdi.

Shavkat Mirziyoev yig`ilish davomida vazirlik rahbarlariga tug`ruqxonalardagi ahvolni yaxshilash bo`yicha alohida topshiriq berar ekan tug`ruq komplekslarida ochiqchasiga poraxo`rlik avj olgani va bu holat odatiy holga aylanganini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbari 1 oydan keyin barcha tug`ruqxona va tibbiyot muassasalarida katta tizim ish olib borilishini va barcha holatlar kuzatuvda bo`lishini aytib o`tdi.

Shuningdek Shavkat Mirziyoev tug`ruqxonalar etishmayotgan bo`lsa ularni sonini ko`paytirishni faqat bu holatga chek qo`yish zarurligini ta`kidladi.

“Bola tug`ilanligi uchun pul to`lash kerakligi qaerda yozilgan?”, – dedi Prezident.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar