AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Furqat Mirzaev olamdan o`tdi

'​O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Furqat Mirzaev olamdan o`tdi'ning rasmi

Qo`shiqchi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Furqat Mirzaev vafot etdi.

Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, qo`shiqchi Hindistonga davolanish uchun jo`nab ketgan va o`sha erda olamdan o`tgan.

Furqat Mirzaevning dafn marosimi 11 fevral, shanba kuni bo`lib o`tadi.

Samarqandlik san`atkor «Qo`shni qiz», «Lalalalaychi keldi» qo`shiqlari bilan tanilgan edi.

Avvalroq O`zbekiston televideniesi rivojiga katta hissa qo`shgan ijodkor, taniqli suxandon, jurnalist, «MY5» telekanalidagi «Diydor shirin» ko`rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8 fevral, chorshanba kuni 68 yoshida olamdan o`tgani xabar berilgan edi.

Boshqa yangiliklar