my5
Sevimli

​Korridoda buqalar tomoshabinlarga hujum qildi (Video)

Dunyo 09.02.2017, 15:33
Теглар: Video, YouTube
​Korridoda buqalar tomoshabinlarga hujum qildi (Video)

Meksikaning Enkarnason-de-Dia shahrida o`tkazilayotgan korridoda favqulodda hodisa yuz berdi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru” nashri.

Korrido paytida ikki nafar buqa nazoratni yo`qotib toreadorlar va tomoshabinlarga hujum qildi. Mazkur voqea aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Videoda korrido tashkilotchilari o`ylaganchalik buqalar yuvosh emasligi, ularning tajovuzkorligi yaqqol ko`rinib turibdi. Kadrda buqalardan birining maydon ortiga o`tib, tomoshabinlarga hujum qilganini, ikkinchisi esa maydon o`rtasiga yiqilgan tomoshabinni shoxlari bilan qum ustiga irg`itganini ko`rish mumkin.

Nashrning xabar berishicha, buqalar hujumidan o`ndan ortiq tomoshabinlar va toreadorlar tan jarohati oldi. Aksariyat odamlarning oyoq-qo`llari yirtildi. Baxtli tasodif tufayli hujumdan hech kim halok bo`lmadi.

Шарҳлар

YouTube ham Trampdan “yuz o`girdi”

13.01.2021, 14:54

YouTube kompaniyasi prezident Donald Trampning kanalini kamida bir haftaga to`xtatib qo`yishi mumkin, deya xabar bermoqda CNN.Yaqinda Trump kanalidagi video zo`ravonlikni qo`zg`atdi,. Ushbu video endi olib...
Samarqandda ayolini o`ldirib, uyini yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o`qildi (video)

13.01.2021, 13:06

Samarqand shahrida uy-joy masalasida o`zaro kelib chiqqan nizoli vaziyat sabab xotinini qasddan o`ldirgan va uyini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida...
"Pullarini olib, o`zini tashlab yubordik". Toshkentda 2 yigit 7 ta bankomatni o`mardi (video)

08.01.2021, 13:48

Yashnobod tumani IIBga poytaxtdagi bir nechta bankomatlar o`marilgani haqida tezkor xabar kelib tushgan. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida batafsil ma`lumot berildi.Xabar yuzasidan olib borilgan tezkor...
"Kuyovbolaning yoshi mеndan kichik". Munisa Rizaeva turmushga chiqayotgani haqida ma`lum qildi (video)

08.01.2021, 10:17

Xonanda Munisa Rizaeva turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonandaning o`zi Instagram sahifasida muxlislari bilan bo`lgan jonli savol-javob efiri chog`ida ma`lum qildi. Xonanadaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bir qancha...