Internetda Rayhonning ozish uchun qandaydir tabletkalarni iste`mol qilganligi borasida rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxovning “Birinchi” telekanalda efirga uzatiladigan “Pust govoryat” ko`rsatuviga intervyu bergani haqidagi ma`lumotlar paydo bo`ldi.
Rayhon o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali mazkur ma`lumotlarga munosabat bildirdi.
“Azizlarim, sizga murojaat qilib, reklama maqsadida firibgarlar tomonidan tarqatilayotgan o`zim haqimdagi ma`lumotlarni inkor etmoqchiman. Bu borada hech qanday intervyu bermaganman. Tabletkalar vositasida ozish haqidagi hamma ma`lumot yolg`on. Bunday ma`lumotlarga ishonmasligingizni va ayniqsa, bunday preparatlarni iste`mol qilmasligingizni so`rayman”,—deb yozadi Rayhon o`zining Instagram`dagi sahifasida.