Rossiyaning Vladivostok shahrida mashina boshqarayotgan ayol yo`ldan o`tayotgan piyodalar guruhini bosib ketdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Yo`l-transport hodisasi oqibatida uch kishi tan jarohati oldi. Ularning ikki nafari miya chayqalishi, suyak sinishi va umurtqa pog`onasining jarohatlanishi tufayli kasalxonaga yotqizildi.
Yo`l-transport hodisasi payshanba kuni ertalab sodir etildi. Toyota Cami rusumli avtomashinani boshqarayotgan ayol svetoforning taqiqlovchi signaliga qaramasdan yo`ldan o`tayotgan piyodalar guruhini bosib ketdi. Polisiyachilar rulni 46 yoshli, “V” kategoriyasiga ega bo`lgan haydovchilik guvohnomasini 2003 yilda olgan ayol boshqarganligini, avtomashinani esa 2017 yilning 14 fevral kuni sotib olganini, ilgari ma`muriy javobgarlikka tortilmaganligi aniqladi.