AsosiyDunyo

​Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`ladi

'​Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`ladi'ning rasmi

Garvard universiteti olimlari yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`lishi haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Amerikalik olimlar qirilib ketgan mamontlarni “qayta tiriltirishlari”ga ishontirmoqda. Olim Jorj Cherch boshchiligidagi guruh qirilib ketgan mamontlarning genlariga Osiyo fillarining xromosomalari yordamida o`zgartirish kiritishni rejalashtirgan. Mutaxassislar Osiyo fillari va mamontlarning genlari bir-biriga o`xshashligini aniqlashdi va mamontning DNKsini Osiyo filiga ko`chirib o`tkazishdi. Biologlarning aytishicha, endi ular duragay embrionni yaratishlari mumkin. Ilk duragaylar qalin junli, quloqlari kichkina va dandon tishli fillar bo`ladi. Olimlar sovuqqa chidamli, yangi mamontga allaqachon mammophant (inglizcha mammoth - mamont va elephant - fil) deb nom qo`yishdi. Biologlarning mazkur tadqiqotni o`tkazishdan maqsadi, bundan to`rt ming yillar ilgari qirilib ketgan mamontlarni qayta dunyoga keltirish va hozirda kamyob jonivorga aylangan Osiyo fillarini saqlab qolishdir. Cherch 2015 yildan beri mamontlarni qayta tiriltirish bilan shug`ullanuvchi Woolly Mammoth Revival loyihasining rahbari hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar