Gollivud aktrisasi va rejissyor Anjelina Joli farzandlarining qornini o`rgimchak bilan to`yg`azdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Joli farzandlari bilan Kambojada o`tkazilgan “Ular avvaliga otamni o`ldirishdi: Kamboja qizining xotiralari” hujjatli filmi premerasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida aktrisa va uning farzandlari Kamboja milliy taomlaridan tatib ko`rishdi. Mahalliy aholi vakillari Anjelina Joliga o`rgimchakdan taom tayyorlash usulini namoyish qilishdi. Aktrisa Kamboja oshxonasi taomlari bilan yaxshi tanishligini va ilk marotaba mamlakatga tashrif buyurganda hasharotlardan tayyorlangan taomni tatib ko`rganligini ma`lum qildi.
“Hammasi chigirtkani tatib ko`rgandan keyin boshlanadi. U pivo bilan yaxshi ketadi. Keyin esa o`rgimchaklarga o`tish mumkin”, dedi u.