AsosiyJamiyat

​Prezident Shavkat Mirziyoev 94 kishini O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to`g`risida farmon imzoladi

O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to`g`risida Prezident farmoni imzolandi...

'​Prezident Shavkat Mirziyoev 94 kishini O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to`g`risida farmon imzoladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to`g`risida Prezident farmoni imzolandi.

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar, avvalo, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson manfaatlarining to`laqonli himoyasi hamda qonun ustuvorligini ta`minlashga qaratilgan.

O`zbekiston fuqarolikka qabul qilish borasida ham qonuniylik, insonparvarlik va ijtimoiy bag`rikenglik tamoyillariga asoslangan holda inson manfaatlariga rioya qilinishini ta`minlash chora-tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirib boradi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi demokratik qadriyatlar va xalqaro huquqning umume`tirof etilgan tamoyillariga sodiqligini namoyon etib, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi g`oyalari asnosida har bir insonning fuqarolikka bo`lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi, millati, jinsi, ma`lumoti, tili, dinga munosabati hamda siyosiy va boshqa e`tiqodidan qat`iy nazar, “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli ob`ektiv va boshqa hayotiy sharoitlarga ko`ra mamlakat tashqarisida bo`lgan mahalliy aholi, shuningdek, boshqa mamlakatlarda tug`ilib-o`sib, O`zbekistonni o`z Vatani sifatida dildan tan olgan, uning taraqqiy etishi va gullab-yashnashi uchun munosib hissa qo`shganlar qabul qilinishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 22-bandi, “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 17, 30-moddalariga muvofiq 94 nafar shaxslarning arizalari qanoatlantirilib, O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Farmon ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o`rinbosari S.I.Samadov zimmasiga yuklandi.

To`liq ro`yxat bilan O`zAda tanishishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Otabek Muhammadzohid va Munisa Rizaevaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 15:45

Otabek Muhammadzohid va Munisa Rizaevaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi

Xonandalar Munisa Rizayeva va Otabek Muhammadozohid “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

'Bir qator san’atkorlarga “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 15:10

Bir qator san’atkorlarga “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berildi

O'zbekistonda bir qator san'at namoyandalari "O'zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan taqdirlanildi.

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 14:15

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 12:14

''ning rasmi

Jamiyat Bugun 11:08

'Rossiya “Tolibon” bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 10:16

Rossiya “Tolibon” bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

Rossiya va Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.