AsosiyDunyo

​Enaga 9 oylik chaqaloqning o`limida ayblanmoqda

'​Enaga 9 oylik chaqaloqning o`limida ayblanmoqda'ning rasmi

Rossiyaning Krasnodar shahrida aholi yashaydigan uylardan birining garajidan polietilen paketga o`ralgan 9 oylik bolaning jasadi topilgani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Bolaning onasi Nigeriya fuqarosi bo`lib, uning o`limida enagasi ayblanmoqda. Huquq-tartibot idorasi xodimlarining ma`lumot berishicha, nigeriyalik ayol 9 oylik o`g`lining yo`qolganligi to`g`risida ariza bilan polisiyaga murojaat qilgan. Yo`qolgan bolaning enagasi ham xuddi shu mazmunda ariza yozgan. Uning aytishicha, uyga nigeriyalik ayolning tanishi kelib, enagaga xizmati uchun haq to`lab, bolani olib ketgan. Shundan keyin bolaning yo`qolganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

“25 fevral kuni 33 yoshli enaga yashaydigan uy hududida joylashgan garaj tekshirilganda, uning erto`lasidan, yo`qolgan bolaning polietilen paketga solib, erga ko`milgan jasadi topildi. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra, bola mexanik asfiksiya, ya`ni bo`g`ib o`ldirish oqibatida vafot etgan”, deyilgan polisiya bergan xabarda.

Shundan keyin bolaning enagasi qotillikda ayblanib, qo`lga olindi. Unga nisbatan qotillik bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergovchi uni qamoqqa olish bo`yicha sudga murojaat etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar