AsosiySalomatlik

​“Bepushtlikning sababi – prostatitmi?”

'​“Bepushtlikning sababi – prostatitmi?”'ning rasmi

– O`g`limda prostata bezining yallig`lanishi – prostatit aniqlangan edi. Shifokor buyurganidek davolandiyu, ammo haligacha farzandli bo`lolmayapti. Prostat asorati bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin deb eshitgandim, nahot shu rost bo`lsa?..

Savol «SMS» orqali kelgan

Savolga androlog-seksopatolog, tibbiyot fanlari nomzodi Dilmurod ERGAShEV javob beradi:

– Prostata bezi shamollashi qisman farzand ko`rishga monelik qilishi mumkin, qachonki, bemor o`z vaqtida davolanmay, muolajani oxiriga etkazmagan bo`lsa. Davo choralari to`g`ri bajarilganida esa bepushtlik kelib chiqmaydi. Nasl qoldirish xususiyatini baholash uchun bir qancha tibbiy tahlillar (gormonlar, spermogramma) o`tkazilishi lozim. Jinsiy a`zolardagi yallig`lanish, jinsiy yo`l orqali o`tadigan infeksiyalar, erkak urug` sifatining pastligi yoxud gormonal muvozanatining buzilishi ko`p hollarda farzand ko`rish qobiliyatini pasaytiradi. Bunday holatlarda muammoni keltirib chiqarayotgan omil aniqlanib, uni bartaraf etishga diqqat qilinsa, ortiqcha tashvishga hojat ham qolmaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar