AsosiyDunyo

​Serbiyada 7 yil komada yotgan ayol ko`zini ochdi

'​Serbiyada 7 yil komada yotgan ayol ko`zini ochdi'ning rasmi

Serbiyada yashovchi 25 yoshli Daniela Kovachevich ismli ayol etti yil davom etgan komadan so`ng o`ziga keldi. U 2009 yilda qizi Mariyani dunyoga keltirganidan so`ng jiddiy kasallikka chalingan edi. Yosh onaning qoniga virus tushishi natijasida u zaharlangani qayd etilgan. 2009 yildan 2017 yilgacha ayol Germaniyadagi klinikalardan birida koma holatida yotgan.

Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, Kovachevich juda tez sur`atda o`ziga kelmoqda.

“U hozirda o`tira oladi, boshqalarning suhbatiga quloq soladi va planshetni qo`lida tutib tura oladi”,—deydi shifokorlardan biri.

Danielaning to`liq tuzalib ketishi uchun 50 ming dollar miqdoridagi mablag` talab etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar