AsosiyDunyo

​Tarixdagi eng yirik italyan sharobi va pishlog`i o`g`irligi videoga olindi (Video)

'​Tarixdagi eng yirik italyan sharobi va pishlog`i o`g`irligi videoga olindi (Video)'ning rasmi

Italiya polisiyasi Emiliya-Romaniya hududida joylashgan parmezan pishlog`i saqlanadigan omborxonadan 168 dona pishloqni o`g`irlagan jinoyatchilar aks etgan kadrlarni o`rganmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Mazkur jinoyat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

Kadrda bir necha kilogrammli pishloqlarni o`g`irlayotgan jinoyatchilarni ko`rish mumkin. Aynan shu payt qo`shni omborxonadan 16 ming dona sharob solingan shishalarni o`g`irlayotgan jinoyatchilar ham kuzatuv kameralari orqali suratga olingan.

Jinoyatchilar umumiy hisobda 180 ming evro ziyon keltirgan. Polisiyaning taxmin qilishicha, bu jinoyatni Emiliya-Romaneda faoliyat yuritayotgan jinoiy to`da amalga oshirgan. Bundan ilgari ham mazkur hududda xuddi shunga o`xshash ikki yirik o`g`irlik sodir etilgan edi.


Boshqa yangiliklar