AsosiyDunyo

​Ijtimoiy tarmoqlarda Xarkov o`q-dori omborining portlashi aks etgan video paydo bo`ldi (Video)

'​Ijtimoiy tarmoqlarda Xarkov o`q-dori omborining portlashi aks etgan video paydo bo`ldi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarga Ukrainaning Xarkov viloyatidagi eng katta o`q-dori omborining portlashi aks etgan bir qancha videokadrlar joylashtirildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Balakley shahrida joylashgan, 138 tonna snaryad saqlanadigan yirik harbiy omborxona olov ichida qoldi. Yong`in o`q-dorilarning portlashiga olib keldi, oqibatda etti kilometrlik “xavfsizlik zonasi” yuzaga keldi. Yong`indan hech kim jabrlanmadi, favqulodda hodisa yuz bergan tumandan 20 ming nafar odam evakuasiya qilindi.

Videoda yonayotgan binolardan ko`tarilayotgan quyuq tutunni va portlash ovozini eshitish mumkin.

Ukraina harbiy prokurori Anatoliy Matios bu hodisani “qo`poruvchilik”, deb baholadi.


Boshqa yangiliklar