23 yoshli rossiyalik Jenya Materi bolaligidanoq ortiqcha vazn bilan kurashardi. U 8 yoshida semirib ketgan edi.
“Men 8 yoshimda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandim. Shundan so`ng gormonal o`zgarishlar tufayli ozg`ingina qizdan tengdoshlari kalaka qiladigan semiz qizga aylandim. Vaznim 70 kilogramni tashkil etardi”, — deydi Jenya.
Vaqt o`tgan sayin Evgeniyaning ahvoli tobora yomonlashardi. U texnikumga o`qishga kirgan paytida vazni 90, talabalik paytida esa 127 kilogrammni tashkil etdi. Ortiqcha vazn Evgeniyaga nafas olishning qiyinlashishi, bel va elkadagi og`riqlar kabi noqulayliklarni olib keldi.
Evgeniya bir necha marta parhez tutdi, natija bo`lmadi. Yo`qotilgan kilogrammlar tezda qaytib kelaverdi.
Evgeniya ortiqcha vazn muammosini qanday qilib bo`lsa ham hal qilish kerakligi haqida o`ylardi. Shunda YouTube videoxostingi unga yordamga keldi. Evgeniya ortiqcha vazn bilan kurashgan yuzlab ayollar qanday qilib ozgani haqidagi ko`plab videoroliklarni tomosha qildi va ulardan o`rnak olishga qaror qildi. Qiz zudlik bilan to`g`ri ovqatlanishga o`tirdi va ko`proq vaqtini sportga bag`ishladi. U qovurilgan, yog`li va tuzli ovqatlardan voz kechdi. Bundan tashqari, haftada ikki kun davomida faqat mevalar iste`mol qilib, organizmni tozalash bilan mashg`ul bo`ldi.
Kutilgan natijaga tezroq erishish uchun Jenya yugurish bilan ham shug`ullana boshladi.
Mana shunday hayot tarzidan so`ng bir yil o`tib, Evgeniya 60 kilogrammga ozdi. Hozirda uning vazni 67 kilogrammni tashkil etadi.
13.02.2021, 15:00
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada damaschilar va taksichilar urishib ketdi” sarlavhali videolavha tarqalgan edi. Shundan so`ng mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o`tkazishga...13.02.2021, 14:40
Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlab barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi bo`yicha tanlov e`lon qilgan edi. Unga ko`ra majmuani barpo etish joyi sifatida...10.02.2021, 12:07
7 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`quvchilari tomonidan nojo`ya so`zlar aytib, kitobni otganligi aks etgan videotasvir tarqaldi.Xalq ta`limi vazirining nazorat-huquqiy xizmati tomonidan mazkur holat o`rganildi,...10.02.2021, 08:54
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Bo`ka tumanida "Spark" avtomobili urib yuborgan qizaloqning onasi ushbu holatga hech kim e`tibor qaratmayotganini aytib, videomurojaat yo`lladi.Holatga IIV YHXBB munosabat bildirdi.Ma`lum...