Qozog`istonning Atirau shahrida tug`ilgan bolaga mashhur fransuz futbolchisining sharafiga Zayniddin Zidan deb ism qo`yildi, deya xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Chaqaloqning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi va beshik to`yi aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Atirau fuqarolik holatlarini qayd etish bo`limi mazkur faktni tasdiqladi. “Haqiqatan ham fevral oyida shunday ismli bola dunyoga keldi. Zidan ism, Zayniddin esa familiyadir. Bu oddiy qozoqcha ism bo`lgani tufayli biz unga katta e`tibor qaratmadik”, - deb ma`lumot berdi FHDYo bo`limi xodimlaridan biri. Ammo mashhur futbolchining ismi Zayniddin, familiyasi esa Zidandir.
Bolaning yaqinlari fransuz futbolchisining ixlosmandi ekanliklari tufayli mazkur ismni tanlashganini ma`lum qildi.