Aktrisa Shahzoda Muhammedova hamkasbi Asal Shodieva bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi.
“Sayyod” saytiga bergan intervyusi paytida muxlislardan biri aktrisaga “Asal Shodieva bilan munosabatlaringiz yaxshi emasmi, nega uning to`yida ko`rinmadingiz?” deb savol berdi.
“Asal bilan munosabatlarimiz yaxshi. U bilan biz shunchaki tanishmiz. Dugona emasmiz. Ko`rishganda salom-alik qilamiz xolos. Menimcha, faqat salom-alik qiladiganlar to`yga aytilmasa kerak. Men shunday deb o`ylayman”,—deydi Shahzoda ushbu savolga javoban.