Xonanda Jasur Umirov va klipmeyker Narimon Sultonxo`jaev “Darakchi” gazetasining “Javob bering!” loyihasida ishtirok etishdi. Unda bu ikki ishtirokchi bir-birlariga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Klipmeykerning erkak va ayol do`st bo`lishi mumkinmi degan savoliga Jasur Umirov quyidagicha javob beradi:
“Aynan shu mavzuda do`stlarim bilan ko`p bahslashaman. Men erkak va ayol do`st bo`lishi mumkin degan fikrga mutlaqo qarshiman. Chunki ayollar barbir ayolligiga boradi, ya`ni ular bilan hech qachon sirlashib bo`lmaydi. Ularning sir saqlay olishlariga ham ishonmayman.”
N.S.: Nega ma`muringizni o`zgartirdingiz?
J.U.: Ijodimni boshlaganimdan buyon juda ko`p bor ma`mur o`zgartirdim. So`nggi pastlarda men bilan hamkorlik qilgan, o`zimga do`st deb bilgan ma`murim menga, o`z ishiga, ijodimizga hiyonat qildi. Yolg`on aralashgan munosabtlarni saqlab qolishni istamayman.
N.S.: Qaysi xonanda bilan duet kuylamagan bo`lardingiz?
J.U.: Hamkorlik qilishni istamaydigan, duet kuylash taklifini bildirsa ham, rad etishim mumkin bo`lgan hamkasblarim ko`p. Lekin ularning ismini hammaga aytishim shart emas deb hisoblayman.