AsosiyShou-biznes

Parviz Fattoev “ishkal”ning ichida qoldi

'Parviz Fattoev “ishkal”ning ichida qoldi'ning rasmi

“Mening yurtim” telekanali orqali namoyish etiladigan “Odamlar orasida” tok-shousi boshlovchilaridan biri Parviz Fattoev 12 aprel kuni haqiqatdan ham ur-to`polonning ichida qoldi.

Bu holatga guvoh bo`lganlarning so`zlariga ko`ra tok-shouning tasvirga olish jarayonida mehmonlardan biri ikkichisini qo`pol so`z bilan haqoratlagan. O`rtada chiqqan urushni to`xtataman deb jurnalist Parviz Fattoev ikki mushtlashuvchilarning orasida qoladi.

Dasturning yana bir boshlovchisi Muqaddas Fayozova bilan bog`langanimizda, “Tashvishga hojat yo`q, hammasi joyida” deya javob qaytardi. “Odamlar orasida” tok-shousining ushbu soni 18 aprel kuni soat 19:45da “Mening yurtim” telekanali orqali namoyish etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar