O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov rafiqasi Saida Xoliqovaning tug`ilgan kunini yaqinlari, do`stlari va qarindoshlari davrasida nishonladi.
13 aprel, payshanba kuni o`zbek shou biznesining taniqli vakillari poytaxtdagi restoranlardan birida jam bo`ldi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqovning rafiqasi Saida Xoliqova tug`ilgan kunini nishonladi. Rashid Xoliqov tug`ilgan kunga tashrif buyurgan barcha do`stlari, yaqinlariga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali minnatdorchilik bildirdi.
O`g`illari Saida Xoliqovani tabriklab, “Mama” qo`shig`inini sovg`a tariqasida ijro etdi.
Avvalroq, 13 aprel kuni yana bir san`atkor O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev 70 yoshli tavallud ayyomini nishonlagani haqida xabar bergan edik.