AsosiyShou-biznes

​Sevinch Mo`minovaning yangi klipi uchun “Darakchi” gazetasining muqovasi soxtalashtirildi(Foto)

'​Sevinch Mo`minovaning yangi klipi uchun “Darakchi” gazetasining muqovasi soxtalashtirildi(Foto)'ning rasmi

Sevinch Mo`minova o`zining yangi klipi uchun “Darakchi” muqovasini buzib foydalandi va ushbu muqovani o`zining “Instagram”dagi sahifasiga joyladi.

Mazkur suratga izoh sifatida Sevinch Mo`minova “Gazeta “Dil gavharim" klipi uchun maxsus tayyorlandi” deya izoh qoldirdi. Suratda ko`rinib turganidek, mazkur gazeta aslida “Darakchi” gazetasining muqovasi bo`lib, unga mutlaqo boshqa OAVning nomi berilgan.

Sevinch bilan mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida bog`lanishga urundik, ammo raqam o`chirilgan bo`lgani sababli u bilan bog`lana olmadik. So`ngra xonandaning prodyuseriga qo`ng`iroq qilganimizda, “bu rejissyor Ikrom Ali tomonidan tayyorlanayotgan klip uchun qilingan suratligini” ma`lum qildi.

Aslida mazkur muqova “Darakchi” gazetasining 2016 yil 13-sonidan olinganligini ushbu suratdan va gazeta arxivini ko`zdan kechirganda ko`rish mumkin.

Biz ko`pincha rejissyorlarimiz u yoki bu xonandaning klipi uchun xorijlik klipmeykerlarning g`oyasini yoki shundoq olib ko`pincha klipini o`g`irlashlariga guvoh bo`lamiz. Ammo nima sababdan shundoqligicha O`zbekistonda chiqariladigan gazetaning muqovasini olib, uni boshqacha nomlash mumkin. Bu ishni qanday nomlash mumkin – o`g`rilikmi, ilmsizlikmi, madaniyatsizlik yoki!?

Gazeta muqovasidan foydalanish kerak ekan nima keragi bor birovning qilgan mehnatini olib unga boshqacha nom berish. Yana nima emish, “gazeta klip uchun maxsus tayyorlanganmish”.

Mazkur holatdan xabar topgan xonanda o`z vaqtida xulosa chiqaradi va gazetaning asl nomidan foydalanadi yohud ushbu gazeta muqovasini mutlaqo klipidan olib tashlaydi deb umid qilamiz, aks holda...

Boshqa yangiliklar