“Mening yurtim” telekanalining ikki ijodkori 19 aprel kuni oila qurdi.
“Top music” ko`rsatuvi boshlovchilari Sur`at Islomov va Malika Danievalarning nikoh to`ylari poytaxtdagi restoranlardan birida bo`lib o`tdi.
Sur`at Islomovni aktyor va xonanda sifatida ham yaxshi taniymiz. “Gazini bos, Jamshid” komediyasida esa Sur`at rejissyorlik mahoratini ham ko`rsata olgan. Shuningdek, uning bir nechta qo`shiqlariga ishlangan kliplari ham telekanallarda namoyish etilgan.
“Darakchi.uz” jamoasi nomidan Sur`at va Malikaga baxt tilaymiz!