AsosiyShou-biznes

​Lola Ahmedova tinchini buzgan “muxlis”ini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirishga majbur bo`lgani haqida gapirdi

'​Lola Ahmedova tinchini buzgan “muxlis”ini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirishga majbur bo`lgani haqida gapirdi'ning rasmi

Xonanda Lola Ahmedova jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda o`zining ashaddiy muxlislari, jumladan muxlislikni me`yordan oshirib yuborgan ayrim “fanat”lari haqida so`zlab berdi.

“Bundan bir necha yillar avval bir inson sizga atalgan xatlarini tahririyatimizga yo`llab, agar chop etmasak, sudga berish bilan tahdid qilardi” deb xotirlaydi Jasur Hamroev Lola Ahmedovaning ashaddiy muxlislaridan birini.

“Bu inson bilan ro`baro keldim. Suhbatlashdim. O`zimni ko`rsa, sen bilan ishim yo`q, deydi. Lekin biz buning tagiga etganimizda u kishining ruhiy nosog`lom ekanligini aniqladik. Yoki bu ish kimgadir kerakmikan? Buni vaqt ko`rsatadi. Bu insondan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirganimizdan so`nggina qutuldik. U haqiqatan ham nosog`lom, noadekvat inson”,—deydi Lola Ahmedova.

“Balki u inson sizning muxlisingizdir?” degan savolga xonanda quyidagicha javob beradi:

“U inson mening muxlisim bo`lganida, tinchimni buzmasdi. U tufayli ancha ovora bo`ldim, asablarim buzildi. Prokuratura xodimlariga murojaat qilishga to`g`ri keldi. U achinishga loyiq. Uning onasi bilan suhbatlashishganida, ‘O`g`lim Lolaning muxlisi, uni yaxshi ko`radi, men hech narsa qilolmayman’ degan ekan. U inson 42 yoshida bo`lishiga qaramay, oila qurmaganligi uning ruhiy nosog`lom ekanligini tasdiqlaydi”.

Boshqa yangiliklar