my5

​O`zbekiston Prezidenti Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Jamiyat 27.04.2017, 09:43
Теглар: O`zbekiston, Turkiya, TIV, Shavkat Mirziyoev
2164
​O`zbekiston Prezidenti Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 aprel kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`luni qabul qildi.

O`zbekiston – Turkiya munosabatlari 2016 yilning 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida o`tgan oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi, deb yozadi O`zA.

O`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Turkiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizasiya qilish, to`qimachilik, ko`nchilik, kimyo va farmasevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo`nalishlarda, jumladan, "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.


Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mevlut Chavusho`g`lu O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga qabul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Davlatimiz rahbariga Turkiya kompaniyalarining mamlakatimizdagi loyihalarini qo`llab-quvvatlayotgani uchun Turkiya rahbariyati nomidan tashakkur bildirdi va keng ko`lamli o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 66 mingga yaqinlashdi

27.10.2020, 23:17

2020 yil 27 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 944 (+63) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining: 6 nafari Toshkent shahrida, 57...
Ertaga O`zbekistonga Volgabo`yidan sovuq antisiklon kiradi

27.10.2020, 22:56

Ertaga respublika shimoliga Rossiyaning Evropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgabo`yi orqali sovuq antisiklon kira boshlaydi, deb xabar bermoqda O`zgidromet.Ertaga, 28 oktyabrda sovuq havo butun respublika hududiga...
O`zbekistonning qaysi davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori ekanligi ma`lum qilindi

27.10.2020, 20:38

O`zbekistonning qaysi davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori ekanligi ma`lum qilindi.Xitoy – 4,6 mlrd., eksport – 1,4 mlrd., import 3,2 mlrd. AQSh dollariRossiya – 4,1...
«Uylar arzonlashadi» – Shavkat Mirziyoev qurilish sohasidagi loyihalar bilan tanishdi

26.10.2020, 22:52

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 oktyabr kuni qurilish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.Keyingi yillarda O`zbekistonda bunyodkorlik ko`lami kengaydi. Ayniqsa, ko`p qavatli uylar qurilib, aholining eng...