Sevimli

​Bir million so`m uchun sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi

Jinoyat 28.04.2017, 16:07
Теглар: Qotillik
​Bir million so`m uchun sodir etilgan qotillik jinoyati fosh etildi

To`rt muchasi sog`, o`ziga yarasha aql-zakovatga ega engil hayotga o`rganib qolgan, tekin daromad ko`rishni afzal bilgan yosh yigit pul uchun birovning hayotiga nuqta qo`ydi. Bu haqda Bosh prokuraturaning “Huquq” nashri xabar berdi.

Kunlardan birida Narimon (ismi o`zgartirilgan) o`zi avval ishlagan kafening yonidan o`tib, bu erda o`tkazgan kunlarini esladi va fikri buzildi. Bu erda pul qaerda saqlanishi va qanday kelishini bilgani uchun u o`g`rilikka tushish rejasini tuzdi.

Kuz kechalaridan birida u kafening orqa tarafidagi eshigi yoniga kelib, hamma ketganligiga amin bo`lgach, binoning devoridan oshib ichkariga tushdi. U tungi soat ikkigacha payt poyladi va faqatgina qorovulni yo`q qilib, maqsadiga etishi mumkinligini tushinib etdi.

So`ngra ichkariga kirib, uyquga ketgan qorovulning boshiga kafedagi bolta bilan ikki marta urib o`ldirdi. Keyin esa pul saqlanadigan xonaga kirib, seyf qulfini buzdi hamda va bir milliondan oshiqroq pulni olib chiqib ketdi.

Qotillik jinoyati tezda fosh etilib, sud hukmiga ko`ra qotil 18 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Шарҳлар

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
TEZKOR: Toshkentda ota-ona 5 yoshli qizini daxshatli tarzda o`ldirib, uni yo`qolganligi haqida xabar berdi

05.11.2019, 22:21

4 noyabr kuni fuqaro A.V. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, 5 yoshli qizi D.K.ni Bektemir tumanida joylashgan “Compass” savdo majmuasida yo`qotib qo`yganligi haqida ma`lum...
Buxoroda ichkuyov bo`lib yashagan 32 yoshli erkakning jasadi osilgan holda topildi

04.11.2019, 23:42

Buxoro viloyati Olot tumanida 5 yildan buyon ichkuyov bo`lib yashagan 32 yoshli N.U. o`z joniga qasd qildi. Buxoro viloyat prokuraturasi voqea tafsilotlarini Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.N.U....
​XORAZMLIK AYoL 300 MING SO`MLIK ZIRAK UChUN 4 YoShLI QIZChANI O`LDIRDI

02.10.2017, 12:03

Shu yilning aprel oyida Xonqa tumanining Olaja qishlog`i, "Oydin hayot” mahallasida ro`y bergan voqea eshitganlarni hayratga soldi. Kimdir achindi, kimdir kuyindi. Ayol kishining jinoyatga qo`l...