AsosiyDunyo

​Berlinda polisiya va radikallar o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi

'​Berlinda polisiya va radikallar o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi'ning rasmi

Berlin shahri markazida polisiya va “Inqilobiy birinchi may” nomli ruxsat berilmagan namoyishni o`tkazgan so`l radikal guruh o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Kroysberg va Noyeln tumanlarida bo`lib o`tgan namoyish qatnashchilari polisiyachilarga shisha va pirotexnik vositalarni irg`itishdi, huquq-tartibot idorasi xodimlarini bayroq dastalari bilan kaltaklashdi. Ularga javoban polisiya ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi. Hodisaga guvoh bo`lganlarning ma`lumot berishicha, polisiyachilarga qora kurtka kiygan, yuzini sharf bilan o`rab olgan kimsalar hujum qilgan. Polisiyachilar jamoat tartibini buzgan 300 ga yaqin odamni qo`lga oldi.

Boshqa yangiliklar