“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar ligasi dastlabki yarim finalida “Atletiko” darvozasiga uchta gol urib (3:0), musobaqadagi ettinchi xet-trigini qayd etdi.
Portugaliyalik hujumchi bu borada “Barselona” etakchisi Lionel Messiga etib oldi. 32 yoshli futbolchida bu ko`rsatkichni yaxshilash uchun imkoniyat bor.
Eslatib o`tamiz, Krishtianu Ronaldu “Atletiko”ga urgan gollari bilan “Real” tarkibida kiritgan gollari sonini 400 taga etkazib oldi.