AsosiyShou-biznes

​Lola Instagram`dagi kuzatuvchilarini ko`p millatli, katta oilasi bilan tanishtirdi(Foto)

'​Lola Instagram`dagi kuzatuvchilarini ko`p millatli, katta oilasi bilan tanishtirdi(Foto)'ning rasmi

Xonanda Lola o`zining Instagram`dagi muxlislarini oila a`zolari bilan tanishtirib bormoqda. U muxlislar talabiga binoan singlisi Asalning to`yidan so`ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga oilaviy suratlarini ko`proq joylashtirmoqda. Xususan, xonanda otasi, onasi, singillari Anora, Asal va ukasi Rustam hamda uning rafiqasi va farzandlarining suratlarini muxlislariga ko`rsatdi, ular haqida muxlislarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.

“Mening eng yaqinim va dunyodagi eng yaxshi uka sevimli rafiqasi hamda farzandlari bilan. Ularni jonimdan ortiq ko`raman. Ukamning rafiqasi malayziyalik. Aqlli va chiroyli qiz”,—deb izohladi Lola ukasining oilasi aks etgan surati.

“Oila a`zolarim bilan sizni tanishtirishda davom etaman. O`ylab qarasam, ko`pchilik mening oilam qay darajada katta va ko`p millatli ekanligini tasavvur ham qilmagan ekan. Agar sizga qiziq bo`lsa, men sahifamga ko`proq oilaviy suratlarimni joylashtiraman. Suratda singlim Anora turmush o`rtog`i va farzandlari bilan. U nafaqat mening tug`ishgan singlim, balki mening do`stim, vijdonim, eng yaqin va qadrli insonim hamdir! Yaxshi ko`raman! Shunday muhim kunda biz bilan birga bo`la olmadingiz, ammo qalban biz hamisha birgamiz!”,—deb yozadi Lola singlisi Anoraning suratini izohlab.








Ma`lumot uchun, Lolaning singlisi Anora hozirgi kunda oilasi bilan AQShda istiqomat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar