AsosiyDunyo

​Hindistonda 200 nafar o`quvchi qiz gazdan zaharlandi

'​Hindistonda 200 nafar o`quvchi qiz gazdan zaharlandi'ning rasmi

Hindistonning Dehli shahrida gazdan zaharlanish oqibatida 200 nafar o`quvchi qiz jabrlandi, deb xabar berdi Lenta.ru .

Mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da Rani Jxansi (Rani Jhansi) nomli qizlar maktabi yonida joylashgan konteyner omborxonasida gaz sirqib chiqqan. Zaharlangan o`quvchilarda ko`ngil aynish, ko`z qichishish alomatlari namoyon bo`lib, ba`zilari hushdan ham ketgan. Gaz chiqqan vaqtda o`quvchi qizlar sinfda, darsda bo`lgan.

Dehli o`t o`chirish xizmati (DFS) zobiti Atul Garg (Atul Garg) voqea joyida ish olib borilayotgani haqida ma`lumot berdi: “Rani Jxansi maktabi o`quvchilari va o`qituvchilari evakuasiya qilinib, maktab hududi qurshab olindi”, dedi u.

Bosh vazir o`rinbosari Manish Sisodiya bolalarning hayoti xavf ostida emasligini ma`lum qildi. “Qizlar va shifokorlar bilan gaplashdim, ularning ahvoli yaxshi”, deb yozdi u o`zining Twitter akkauntida. NDTV hind telekanali bergan xabarga ko`ra, o`quvchi qizlar pestisid ishlab chiqarishda qo`llanadigan zaharli modda — xlormetil piridindan zaharlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar