“Baron” filmidagi ijrosi bilan o`zbekistonlik kinoixlosmandlarning sevimli aktyorlaridan biriga aylangan Farhod Mahmudov xonadonida quvonchli kun.
14 may kuni taniqli aktyorning ota-onasi Raviya va Bahodir Maxmudovlarning turmush qurganiga 50 yil to`ldi.
Shu munosabat bilan Maxmudovlar oilasi yaqinlari va do`stlari ishtirokida shukrona dasturxonini yozdi. Bu haqda rejissyor Rustam Sa`diev Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi.
Ma`lumot uchun, Farhod Maxmudovning akasi Alisher Maxmudov hozirgi kunda AQShda yashaydi. Farhodning o`zi esa oilasi bilan Rossiyada istiqomat qiladi.