my5

​Turkiyaning AQShdagi elchixonasi oldida janjal ko`tarildi

Dunyo 17.05.2017, 11:49
Теглар: Turkiya, AQSh
1976
​Turkiyaning AQShdagi elchixonasi oldida janjal ko`tarildi

Turkiyaning AQShdagi elchixonasi oldida bo`lib o`tgan namoyish vaqtidagi to`qnashuv oqibatida to`qqiz kishi jabrlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

The Washington Post, gazetasining ma`lumot berishicha, turli darajada tan jarohati olgan odamlar kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur “qo`l jangi”da Rajab Toyip Erdo`g`an tarafdorlari va uning siyosatiga qarshi bo`lgan odamlar ishtirok etgan.

Polisiya elchixona binosi atrofini qurshab oldi va mushlashayotgan odamlarni kuch bilan ajratdi. Bir-birini ayovsiz ravishda kaltaklagan odamlarning ba`zilariga tezkor tibbiyot xizmati ko`rsatish zarur bo`ldi. Ishtirokchilarning ikki nafari og`ir ahvolda kasalxonaga olib ketildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`anning Vashingtonga qilgan tashrifi namoyish o`tkazilishiga sabab bo`ldi. Avvalroq Erdo`g`an AQSh prezidenti Donald Trampni oilasi bilan Turkiyaga taklif qilgan edi.

Шарҳлар

Turkiyada zararli mahsulotlar ro`yxati ma`lum qilindi

12.10.2020, 20:22

Turkiyaning Sabah nashri sog`lom organizmni yo`q qiladigan 8ta mahsulotlar nomini ma`lum qildi.Zararliligi bo`yicha birinchi o`rinda – shakar. U teri, tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar etkazishi...
Gregori Kopli Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

19.12.2019, 11:48

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga xalqaro kuzatuvchi – Amerika Qo`shma Shtatlari xalqaro strategik tadqiqotlar assosiasiyasi prezidenti Gregori Kopli tashrif buyurdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot...
AQSh elchixonasi viza to`lovi bo`yicha o`zbekistonliklarga murojaat qildi

26.11.2019, 19:46

 AQShning O`zbekistondagi elchixonasi viza olmoqchi bo`lgan fuqarolarga ayrim muhim ma`lumotlarni eslatib o`tdi.«AQSh vizasiga to`lanadigan ma`muriy to`lov faqatgina AQSh dollarida qaytim talab qilmaydigan kupyuralarda qabul qilinadi.Elchixona AQSh...
Toshkentda 3 ayol bir bo`lib AQShni orzu qilganlarni yaxshigina “shilishdi”

20.11.2019, 18:23

Toshkentda AQShga jo`natishda yordam beraman, deb odamlarni chuv tushirayotgan ayollar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.Joriy yilning iyul oyida Mirzo-Ulug`bek tumanida 62 yoshli...