Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo`lgan xonanda Nigoraning navbatdagi surati muhokamalarga sabab bo`ldi.
“Ertalabdan go`zallashishga keldim” deb nomlangan bu suratda xonanda go`zallik salonida oyoqlari barmoqlarini pedikyur qilayotgani aks etgan.
Ushbu surat Nigoraning muxlislarining g`azabini keltirdi. Aksariyat internet foydalanuvchilar aynan mazkur surat tufayli xonandaga bo`lgan hurmati yo`qolganini yozib bunday suratlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylanishiga salbiy munosabat bildirgan.
Xonanda tanqidiy fikrlarga javob berishni istamadi va bir muddatdan so`ng mazkur suratni sahifasidan o`chirib tashladi.