Bundan roppa-rosa bir yil oldin oila qurgan taniqli boshlovchi Davron Kabulov bugun ushbu sana munosabati bilan rafiqasi E`zozaga dil izhori va tabrigini o`ziga xos tarzda yozib qoldirdi.
Davron Kabulov mazkur nomani o`zining “Instagram” ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joyladi:
“E`zoz, rosa afsuslanayotgan bo`lsang kerak, qayoqdan ham shu odamga erga tegdim, to`yimizga 1 yil bo`lganini ham bir o`zim nishonlayapman, deb. Sen tasavvur qilgan odamga qanchalik o`xshadim bilmayman-ku, lekin men so`raganimni Hudo berdi. Yaxshi hamroh bo`layotganingga, ota-onamni duosini birga olayotganingga, tarbiya qilgan buving, adajon, oyijoningga rahmat. Jiddiy men yozyapman shuni - yiqilib tushma tag`in. Yaxshi gap eshitib, taltayma faqat. Ba`zilarni oilasiga o`xshab unaqa demokratichny oila bo`lmasak ham, bir chiroyli yashayapmiz, hech qachon ko`z tegmasin. Bitta shirin qiz, to`rt o`g`il tug`ib bersang keyin boshqasiga vaqtimiz ham bo`lmaydi, Hudo hohlasa. Nima bo`lsa ham sog` bo`lgin”, deya oilasi yaralgan kun bilan Kabulov o`z rafiqasini muborakbod etib qolgan.
Ayni damda Kabulov Rimdada. Ma`lum bo`lishicha, u “Million” jamoasi yigitlari bilan Icpaniyadagi Santyago Barnabeu stadioniga futbol o`yinini tomosha qilish maqsadida sayohatga yo`l olgan.
Eslatib o`tamiz, Davron Qabulov “Afruz” guruhi yakkaxoni Jamshid bilan boja bo`lgan.