my5

​Samarqand viloyati hokimi ish faoliyatida yo`l qo`ygan jiddiy kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi

Jamiyat 13.06.2017, 10:42
Теглар: Shavkat Mirziyoev, Prezident, hokim, ​Samarqand
3033
​Samarqand viloyati hokimi ish faoliyatida yo`l qo`ygan jiddiy kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyun kuni bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishda hududlarni rivojlantirish borasida davlat organlarining o`rni va mas`uliyati haqida so`z yuritar ekan, o`tgan haftada Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ayrim rahbarlarning befarqligi va harakatsizligi oqibatida bu hududda juda ko`plab jiddiy muammolar to`planib qolgani ma`lum bo`lganini qattiq tanqid qildi. Ayniqsa, viloyat hokimi va uning o`rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, viloyat idoralari rahbarlari o`rtasida amaliy va sog`lom munosabatga putur etgani Samarqandning bugungi taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Viloyat hokimining jamoatchilik va rahbarlar fikrini inobatga olmasdan ish tutishi, ijrochilar oldiga sayoz o`ylangan vazifa va topshiriqlarni qo`yishi, unda jur`at va tashabbuskorlik, mas`uliyatni dadillik bilan o`ziga olish fazilatlari etishmasligi hozirgi vaqtda viloyatda o`ta jiddiy va dolzarb vazifalarni hal etish imkonini bermayapti. Xalq bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot mavjud emas, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarda uzilish paydo bo`lgan.

Mazkur hududda barpo etilayotgan ob`ektlarni qurish, investisiya mablag`larini o`zlashtirish ishlari oqsamoqda, eksportga chiqariladigan mahalliy mahsulotlar hajmini ko`paytirish ta`minlanmayapti. Shahar va tumanlarda obodonchilik, odamlar uchun qulay, toza-ozoda muhit yaratish masalalari ham o`z holiga tashlab qo`yilgan. Viloyat moliya va soliq idoralari soliq bazasini kengaytirish imkoniyatlarini izlash va ularni to`liq ishga solish ishlari bilan etarli darajada shug`ullanmayapti. Ana shu muammolarni hal etish, bu yo`lda butun Samarqand ahlini birlashtirish va o`z ortidan ergashtirish uchun viloyat hokimi H.Oqbo`taevda bilim va salohiyat, rahbarlik tajribasi etishmadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi H.Oqbo`taev ish faoliyatida yo`l qo`ygan ana shunday jiddiy kamchilik va nuqsonlar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Шарҳлар

«Uylar arzonlashadi» – Shavkat Mirziyoev qurilish sohasidagi loyihalar bilan tanishdi

26.10.2020, 22:52

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 oktyabr kuni qurilish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.Keyingi yillarda O`zbekistonda bunyodkorlik ko`lami kengaydi. Ayniqsa, ko`p qavatli uylar qurilib, aholining eng...
M-39 yo`lining Samarqand tumani hududidan o`tgan qismi vaqtinchalik yopilmoqda

26.10.2020, 21:16

M-39 yo`lining Samarqand tumani hududidan o`tgan qismi vaqtinchalik yopilmoqda.Bu haqda Viloyat IIB YHXB xabar berdi.Samarqand tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining baydarka va kanoeda eshkak...
Shavkat Mirziyoev Xitoy va Janubiy Koreyaga mahsulotlar eksporti kamayganini tanqid qildi

14.10.2020, 21:02

14 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini tanqidiy ko`rib chiqish,...
«Jahon bozorida O`zbekiston ovozi jaranglashi kerak » – Shavkat Mirziyoev

12.10.2020, 23:13

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 oktyabr kuni intellektual mulk ob`ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig`ilish o`tkazdi.Ilm-fan va innovasiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni...