O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Sodiqovga Biznes-Lady kerak.
Aniqrog`i, xonandaning yangi ijod mahsuli “Sen o`sha” nomli taronasi uchun munosib chehra qidirilmoqda.
Klipmeyker, rejisyor Jonrid Sagdiev ushbu e`lonni o`zining “Instagram”dagi sahifasiga joyladi. Unda shunday deyiladi:
“Tohir Sodiqov yangi klipiga u bilan bosh rola o`ynashni istagan 25-30 yoshlarda bo`lgan qizlarni taklif qiladi. Bo`yi baland, qaddi-qomati kelishgan, sochi uzun, Biznes women, Biznes lady kerak.”
Klipda suratga tushishni istovchilar qizlarga raqam qoldirilgan bo`lib, rasmlarni +99890 9800690 raqamiga jo`natish mumkin.
Darvoqe, yangi tarona premerasi bugun FM radioto`lqinlarida o`tishi kutilmoqda.