AsosiyDunyo

​Turkiya hukumati Suriya chegarasida uzunligi 700 kilometr bo`lgan devor qurdi

'​Turkiya hukumati Suriya chegarasida uzunligi 700 kilometr bo`lgan devor qurdi'ning rasmi

Turkiya hukumati Suriya chegarasida uzunligi 700 kilometr bo`lgan devor qurilishini yakunladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Fikri Ishik ma`lumot berdi, deb yozdi Hürriyet Daily News nashri. Mazkur devor mamlakatni “Islom davlati” terrorchilik guruhi va Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining hujumidan asrash uchun qurildi. Mudofaa vazirining so`zlariga qaraganda, Turkiya-Suriya chegarasi kuzatuv kameralari, yoritish asbob-uskunalari, sensorlar bilan jihozlanadi, bundan tashqari xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha dronlar ishga tushiriladi. Ishik bunday devor Eron chegarasida ham qurilishi haqida aytib o`tdi.

Boshqa yangiliklar