Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 78-umumta`lim maktabini borib ko`rgani haqida avval xabar bergandik.
Tashrif chog`ida Prezident maktab bilan kollejlar o`rtasidagi bog`liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta`limni qayta tiklash, uning qoshida o`quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta`kidladi.
Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo`lib, jamoa bo`lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o`sha paytda ularni o`zlari o`rgangan muhitdan ajratib qo`ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta`lim-tarbiyasiga salbiy ta`sir qilishi mumkin. Shu bois ta`lim jarayonining usluksizligini ta`minlash, o`quv dasturlarini takomillashtirish zarur.